Rossiyaning «Rostex» davlat korporasiyasi xalqaro hamkorlik bo‘yicha direktori Viktor Kladovning bayonot berishicha, Rossiya 2017 yilda Hindistonga 48 dona Mi-17V-5 vertolyoti hamda 11356 loyihasidagi 4ta fregat etkazib berish bo‘yicha shartnoma imzolaydi. Bu haqda RIA Novosti'ga tayanib Kun.uz xabar qilmoqda.
«Bu yil Hindistonga 48ta Mi-17V-5 vertolyotini etkazib berish bo‘yicha shartnoma imzolanishiga ishonchim komil», — degan Kladov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hindlar 4ta 11356 fregati bo‘yicha bitim tuzishga tayyordir.
Bundan tashqari, Rossiya Taylandga uchta Sukhoi SuperJet samolyotini etkazib beradi.
«Tayland qurolli kuchlari rahbariyati oldiga «Rosoboroneksport» yo‘nalishi bo‘yicha 2ta smolyot xarid qilish vazifasi qo‘yilgan. Hozirda, unga uchinchisi ham qo‘shilish arafasida», — deya ma’lum qilgan Kladov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Moskva va Bangkok milliy aviakompaniyalar uchun Sukhoi SuperJet samolyotlarini xarid qilish masalasini ham ko‘rib chiqmoqda.
Rossiya, shuningdek, Indoneziyaga 1241 «Molniya» katerlarini etkazib berish bo‘yicha ishlar davom ettirilishiga umid qilmoqda. Ushbu mamlakat Rossiyadan Su-35 qiruvchi samolyotlarini xarid qilishni rejalashtirgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»