Britaniya kompaniyalaridan biri cho‘kkan "Titanik" kemasini shaxsan tomosha qilishga taklif qilmoqda, deb yozmoqda Sof.uz sayti.
Xabarga ko‘ra, Blue Marble Private kompaniyasi antiqa sayohat uchun chiptalarni 2018 yildan boshlab sotuvga qo‘yadi.
Kompaniya rejasiga ko‘ra, sakkiz kunlik sayohat marshruti Kanadaning Nyufaulendidan boshlanib, aynan mana shu joydan sayohatchilar "Titanik" g‘arq bo‘lgan manzilga olib kelinadi.
Sayyohlar titan va uglevodorod tolalaridan yasalgan maxsus batiskafda 3200 metr chuqurlikka, ya’ni kema qoldiqlari o‘rin olgan joyga olib tushiladi.
Ekzotik sayohat uchun chiptalar 105 ming dollardan sotilishi aytilmoqda. Ammo ayni vaqtda chiptalarning barchasi sotib bo‘linganligi qo‘shimcha qilingan.
Blue Marble Privatekompaniyasi tomonidan tashkil qilinayotgan sayohat afsonaviy kemani so‘nggi bor ko‘rish uchun so‘nggi imkoniyat bo‘lishi mumkin. 2016 yilda olimlar 15-20 yil ichida kema qoldiqlarini yo‘q qilib yuborishga qodir ekstremofil-bakteriyalarni aniqlaganlar, deb xabar qilgan nashr. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»