date

Yaqin Sharqdagi vaziyat neft narxiga ta'sir qilmoqda

Yaqin Sharqdagi vaziyat neft narxiga ta'sir qilmoqda

Jahon bozorida energiya resurslari narxi yana ko'tarila boshladi. Xususan, Brent markali neftning bir barreli 87 dollardan oshib ketdi. Bu 2024 yil iyul oyidan buyon kuzatilgan eng yuqori ko'rsatkich hisoblanadi. London birjasi ma'lumotlariga ko'ra, hafta boshidan beri neft narxi qariyb 18 foizga qimmatlashgan.

Narxlarning bunday tez sur'atda o'sishiga Yaqin Sharqdagi harbiy ziddiyatlar sabab bo'lmoqda. AQSH va Isroilning Eron hududiga bergan zarbalari hamda bunga javoban Tehronning mintaqadagi ob'ektlarga hujumlari vaziyatni murakkablashtirdi. Ayniqsa, Eronning dunyo neft savdosida strategik ahamiyatga ega bo'lgan Hurmuz bo'g'ozini nazoratga olgani xavotirlarni kuchaytirmoqda.

Tahlilchilarning fikricha, agar mazkur dengiz yo'lagidagi vaziyat barqarorlashmasa, neft narxi 100 dollarlik chegaradan ham oshib ketishi mumkin. Shunga qaramay, Goldman Sachs banki ikkinchi chorak uchun o'rtacha narx 76 dollar atrofida bo'lishini prognoz qilmoqda. Mintaqadagi beqarorlik fonida Rossiyaning Urals markali neft narxi ham ko'tarilib, 49 dollardan oshdi.

Mutaxassislar Yaqin Sharqdagi harbiy harakatlar davom etsa, global energetika bozorida narxlar yanada o'zgarishi mumkinligidan ogohlantirmoqda. Hozircha investorlar vaziyatning rivojlanishini diqqat bilan kuzatib bormoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Yaqin Sharqdagi vaziyat neft narxiga ta'sir qilmoqda