
AQSh prezidenti Donald Tramp tarafdorlarining Kaliforniya shtatidagi Xantington-Bich shahridagi namoyishi prezident tarafdolari va unga qarshi chiqayotganlarning ommaviy mushtlashuvi bilan tugadi.
Kun.uz nashrining yozishicha, mushtlashuv Trampga qarshi chiqayotganlardan biri namoyish tashkilotchilaridan biri bo‘lgan ayolning yuziga garmdori gazi purkagandan keyin boshlangan. Tramp tarafdorlari vaziyatga aralashishgandan keyin mushtlashuv chiqib ketgan.
Mushtlashayotganlarni polisiya ajratishiga to‘g‘ri kelgan. Oqibatda 2 kishi jarohat olgan, bir necha kishi hibsga olingan. Ulardan 3 nafari garmdori gazi qo‘llagani, qolganlari esa qoidabuzarliklar sodir etganliklari uchun hibsga olinganlar.
Namoyishda Tramp tarafdorlari 2 mingga yaqin kishini tashkil qilgan, unga qarshi chiqayotganlar esa ancha kamchilikni tashkil qilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar