date

Yoqilg‘i tanqisligi: Vetnam xodimlarni "online" ishlatmoqchi

Yoqilg‘i tanqisligi: Vetnam xodimlarni "online" ishlatmoqchi

Vetnam hukumati yoqilg‘i sarfini qisqartirish maqsadida korxonalarga xodimlarni "online" ishlash tartibiga o‘tkazishni tavsiya qildi. Bu haqda mamlakat Sanoat va savdo vazirligi ma’lumot tarqatdi.

Ma’lum qilinishicha, AQSH va Isroilning Eron bilan urushga kirishi ortidan xalqaro energiya bozorida jiddiy beqarorlik yuzaga kelgan. Natijada yoqilg‘i ta’minotida uzilishlar kuzatilib, narxlar keskin oshib ketgan.

Shu sababli Vetnam hukumati yoqilg‘i sarfini kamaytirish bo‘yicha qator choralarni ko‘rib chiqmoqda. Xususan, idoralar va xususiy korxonalarga imkoniyat darajasida xodimlarga "online" ishlashga ruxsat berish tavsiya etilgan.

Mutaxassislar fikricha, bunday chora transport harakatini kamaytiradi va natijada yoqilg‘i iste’molini sezilarli darajada qisqartiradi. Bu esa mamlakat iqtisodiyotiga tushayotgan bosimni ma’lum darajada yengillashtirishi mumkin.

Qayd etilishicha, Yaqin Sharqdan keladigan energiya resurslariga katta darajada bog‘liq bo‘lgan Vetnam hozirgi vaziyatdan eng ko‘p ta’sirlanayotgan davlatlardan biri hisoblanadi. Shu bois rasmiylar energiyani tejashga qaratilgan qo‘shimcha choralarni ham ishlab chiqmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Yoqilg‘i tanqisligi: Vetnam xodimlarni "online" ishlatmoqchi