date

Iroq osmonida KC-135 tankeri urib tushirildi

Iroq osmonida KC-135 tankeri urib tushirildi

AQSH Markaziy qo‘mondonligi havoda yonilg‘i quyishga mo‘ljallangan ikki dona KC-135 tankeri bilan bog‘liq jiddiy hodisa sodir bo‘lganini ma’lum qildi.

Xabarlarga ko‘ra, samolyotlardan biri Iroq osmonida urib tushirilgan. Ikkinchi uchoq esa hujum natijasida shikastlangan bo‘lsa-da, baribir Isroil hududiga yetib borib, xavfsiz qo‘nishga muvaffaq bo‘lgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, urib tushirilgan samolyot bortida 6 nafar harbiy xizmatchi bo‘lgan. Hozircha ularning taqdiri haqida rasmiy ma’lumot berilmagan.

Ayni paytgacha qiymati taxminan 65–70 million dollarga baholanayotgan ushbu samolyot qoldiqlari ham topilmagan. Bu esa hodisa atrofidagi savollarni yanada ko‘paytirmoqda.

Mutaxassislar va tahlilchilar hujum ortida Iroq hududida faoliyat yurituvchi, Eronga yaqin deb qaraladigan qurolli guruhlar bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda. Biroq bu versiya hali rasman tasdiqlangani yo‘q.

Shu bilan birga, ayrim kuzatuvchilar mazkur voqea yana bir “Quvayt-2” ssenariysi bo‘lishi mumkinligini ham istisno qilmayapti. Ya’ni, voqea tafsilotlari hali to‘liq ochiqlanmagani sababli, hodisaning haqiqiy sabablari va ortida kim turgani hozircha noma’lumligicha qolmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Iroq osmonida KC-135 tankeri urib tushirildi