Yaqin Sharqdagi urush Rossiya neft daromadini oshirdi

Financial Times nashrining ma’lum qilishicha, Yaqin Sharqda yuzaga kelgan urush tufayli Rossiya neft savdosidan qo‘shimcha katta daromad olmoqda.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, vaziyat keskinlashgani ortidan Rossiya har kuni taxminan 150 million dollar atrofida qo‘shimcha neft daromadiga ega bo‘lyapti. Energiya bozoridagi beqarorlik va ta’minotdagi xavflar bu holatga sabab bo‘layotgani ta’kidlanmoqda.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, urushning dastlabki 12 kuni davomida Rossiya davlat budjetiga qo‘shimcha 1,3 milliarddan 1,9 milliard dollargacha mablag‘ tushgan.
Shuningdek, Rossiya neftiga kutilmagan darajada talab ortib borayotgani ham qayd etilgan. Agar bozorda neft narxi o‘rtacha bir barrel uchun 70–80 dollar atrofida saqlanib qolsa, mart oyida Rossiya budjetiga tushadigan qo‘shimcha daromad 3,3 milliarddan 4,9 milliard dollargacha yetishi mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!