Shu yuz yillikning oxiriga borib, 5 million evropalik suv toshqinlari tufayli o‘z uylarini yo‘qotishlari mumkin. Bu haqda RT nashriga asoslanib, Kun.uz xabar berdi.
Olimlar global isish dengizlar, shu jumladan Shimoliy va Boltiq dengizlarining xavfli darajagacha ko‘tarilishiga olib kelishidan ogohlantirishmoqda, natijada esa Evropa qirg‘oqlarining bir qismi suv ostida qoladi. Bunday yuqori isish sur’atlarida har yili suv toshqinlari ro‘y berishi mumkin.
Meteorologiya va iqlimshunoslik kafedrasi mudiri Aleksandr Kislovning so‘zlariga ko‘ra, ko‘plab Evropa davlatlari texnik jihatdan iqlim o‘zgarishiga tayyor emas, shu bois ular hozirning o‘zidanoq ehtimoliy tabiiy ofatlarga tayyorlanishi kerak. Zarur himoya darajasini faqat Niderlandiya ta’minlashi mumkin: mamlakat hukumati noyob shlyuzlar tizimini ishlab chiqqan. Sankt-Peterburgda ham shunga o‘xshash tizim o‘rnatilgan, shuning uchun Rossiya qirg‘oqlari ham xavfdan himoyalangan.
So‘nggi o‘y yillikda Evropada bir necha yirik suv toshqinlari sodir bo‘ldi. Eng xavfli suv toshqini 2013 yilda qayd etilgan, o‘shanda Latviya, Makedoniya va Chexiya qisman suv ostida qolgandi. Shuningdek Norvegiya va Germaniya ham suv toshqinidan jabr ko‘rgan.
2016 yilda Sena, Dunay, Reyn va Nekkarda suv sathi keskin ko‘tarildi va bu qirg‘oqlar bo‘ylab suv toshishiga sabab bo‘ldi. Parijda va chekka shaharlarda xavfning olovrang darajasi e’lon qilingan, Fransiyaning shimoliy hududlarida esa bir necha ming kishini evakuasiya qilishga to‘g‘ri kelgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi