
Sankt-Peterburg metrosidagi terakt munosabati bilan ikki kishi qidiruvga berildi. Bu haqda, huquqni muhofaza qilish organlaridagi manbaga asoslanib, «Interfaks»ga tayanib Daryo.uz xabar bermoqda.
Meduza’ning yozishicha, gumonlanuvchilardan biri poezd vagoniga portlovchi uskunani qo‘yib ketgan, ikknchisi esa «Ploshchad Vosstaniya» bekatida bomba qoldirgan. Bekatdagi bomba portlamagan, uskuna zararsizlantirilgan.
Peterburg metrosidagi portlash mahalliy vaqt bilan 14:40 atrofida, «Sennaya ploshchad» va «Texnologicheskiy institut» bekatlari oralig‘ida yuz bergan.
Rossiya sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, terakt oqibatida 10 kishi halok bo‘lgan, 40 dan ortiq odam jarohat olgan. «Fontanka» nashri nomi oshkor etilmagan manbalarga asoslanib, qurbonlar soni 14 nafar ekani haqida yozmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar