
Pokistonning Lahor shahrida xudkush terrorchi o‘zini portlatishi oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi, ularning 4 nafari harbiylar. Shuningdek, terakt oqibatida 22 kishi jarohatlangan, deb yozadi Kun.uz nashri.
Geo TV telekanali xabariga ko‘ra, hodisa mahalliy vaqt bilan soat 07:15da shaharning janubi-sharqiy qismida ro‘y bergan. Terakt nishonida aholi sonini ro‘yxatga olish bilan band bo‘lgan harbiylar edi.
Maxsus xizmatlar ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu terakt motosiklda harakatlangan xudkush tomonidan sodir etilgan.
Hozircha hech bir tashkilot ushbu terakt uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmagan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar