11 aprelda AQSh davlat kotibi Reks Tillerson Moskvaga etib keldi. U 12 aprel kuni Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan uchrashuv o‘tkazadi.
Tillersonning samolyoti mahalliy vaqt bilan soat 16:38da Vnukovo aeroportiga kelib qo‘ndi, deb yozadi "Kun.uz" nashri.
Bu Tillersonning AQSh davlat kotibi sifatida Rossiyaga birinchi tashrifidir. Rossiya tashqi ishlar vazirligida sermahsul muzokaralar bo‘lib o‘tishiga umid qilindi. Tomonlar Suriya, Liviya, Shimoliy Koreya, Ukrainadagi vaziyatni hamda ayni vaqtda "sovuq urushdan beri eng murakkab davrni boshdan kechirayotgan" ikki tomonlama munosabatlarni muhokama qilishlari kutilmoqda.
Rossiya va AQSh o‘rtasidagi munosabatlar o‘tgan haftada AQSh Suriyadagi Shayrat aviabazasiga raketa zarbasi bergandan keyin keskin yomonlashib ketdi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Biologik faol qo‘shimchalar mutlaqo zararsizmi?
Ko‘p kvartirali uylarda «kvartplata»ning eng kam miqdori tasdiqlandi
Buxoroda yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilindi
Turk seriallari yulduzi Demet O‘zdemirning Istanbuldagi shinam villasiga sayohat
Sof quyma oltin sotayotgan shaxslar qo‘lga tushdi
O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti
Ukraina 300 mingta dron sotib olish uchun pul ajratadi