Gretsiya yaqinida sayyohlik kemasi yondi va cho‘kib ketdi

Gretsiya yaqinida sayyohlik kemasi yondi va cho‘kib ketdi
Unchalik katta bo‘lmagan Saint sayyohlik kemasi Gretsiyaga tegishli Mikonos orolining Psaru ko‘rfazi hududida avvaliga yonib so‘ngra cho‘kib ketdi. Bu haqida «Korrespondent.net»ga tayanib «Daryo» xabar berdi.

Yong‘in yarim tunda, kema qirg‘oqdan 100 metr uzoqdaligida ro‘y berdi. Kema bortidagi 10 yo‘lovchi, shuningdek, uch nafar ekipaj a’zolari qirg‘oqqa yetib olish uchun qutqaruv vositalaridan foydalangan. Bundan tashqari yana bir kema ularga yordam ko‘rsatgan.

Yo‘lovchilar hamda ekipaj a’zolaridan hech kimga jarohat yetmagan. Voqea yuzasidan Mikonos portining rasmiylari tergov ishlarini olib bormoqda.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar