Xitoyning birichi milliy yo‘lovchi avialayneri C919 uchish-qo‘nish yo‘lagida tezlik sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tdi, deb yozadi "Kun.uz" nashri.
Xabar qilinishicha, bu shunday turdagi avialayner uchun birinchi tajriba bo‘ldi. U yakshanba kuni Shanhaydagi Pudun aeroporti uchish-qo‘nish yo‘lagida o‘tkazilgan. Ta’kidlanishicha, bunday sinovlar havo kemasining tajribaviy parvozidan avvalgi so‘nggisi bo‘ladi.
Mart oyi oxirida C919 birinchi tajribaviy parvozga chiqishga texnik jihatdan tayyorligi ma’lum qilingandi. Biroq ekspertlar qurilmalarning elektromagnit uyg‘unlashuvi bo‘yicha ishlarni, shuningdek parvozga qadar rul sinovlari yakuniga etkazilmagan, deb hisoblashgandi.
Ma’lumot uchun, C919 – Xitoyning sig‘imi 158 iqtisod-sinfdagi o‘rindiqqa ega birinchi magistral avialayneri loyihasi bo‘lib, uchish masofasi 5,5 ming kilometrga teng. Loyiha xorijiy korxonalar hamda COMAC (Commercial Aircraft Corporation of China) ishtirokida amalga oshirilmoqda. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, COMAC 570 ta samolyotga buyurtma olgan. Hammasi bo‘lib esa 2 ming dona shunday avialaynerni sotish mo‘ljallanmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video)
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
O‘zbekiston xalqaro investitsiya forumida qanday kelishuvlarga erishdi?
Makronni Rossiya raketalari qo‘rqitib yubordi
Ronaldu Messidan uzoqlashmoqda!
Isroil rasmiysi: “Isroil urushni to‘xtatmaydi”