10:10 / 20.04.2017
9 110

Turkiya rahbarining hashamatli Oq saroyi

Turkiya rahbarining hashamatli Oq saroyi
Turkiya prezidenti Rajab Erdo‘g‘an yashaydigan saroyning fotosuratlari e’lon qilindi. Anqara shahri chekkasidagi tepalikda joylashgan bino Oq saroy deb yuritiladi.
 
Xorijiy OAVda keltirilishicha, saroy qurilishi 3 yil avval tugallangan. Binoda 1100 ta xona bo‘lib, shulardan 250 tasi Erdo‘g‘an va uning oilasi uchun ajratilgan.
 
Oq saroy poli marmar, tilla furnituradan ishlangan. Bino hajmi bo‘yicha Amerika Oq uyidan 30 karra kattadir. Shu sabab ham Oq saroy so‘nggi 100 yil ichida qurilgan dunyodagi eng katta bino hisoblanadi.
 
Nashrda keltirilishicha, saroydagi gilamlar uchun taxminan 8,8 million dollar, balandligi 3 metr keladigan ikki eshikli 400 juft eshiklar uchun 6,3 million dollar sarflangan. Saroydagi har bir stakanning bahosi 314 dollarga teng.
 
Oq saroy ichida suv havzasi, turk hammomlari va spa-salonlari ham bor. Xonalarni isitish uchun har yili qish mavsumida 628 ming dollar sarflanadi.
 
Umuman olganda, binoni qurish uchun 628 million dollar xarajat qilingan. 

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turkiya rahbarining hashamatli Oq saroyi