Sankt-Peterburg metrosidagi terakt tashkilotchilaridan biri sifatida qo‘lga olingan Akram Azimov ikki marta Turkiyaga safar qilgan. Bu haqda Moskva Basman sudida taqdim etilgan tergov materiallari guvohlik beradi.
«Pasportdagi ma’lumotlarga ko‘ra, gumonlanuvchi Turkiyaga ikki marta borgan — 2016 yilning dekabrida va 2017 martida», — deya sudyaning so‘zlarini keltirgan RIA Novosti.
Bundan oldinroq Azimov teraktga aloqadorligini rad etgani aytilgandi.
FSB Akram Azimovni terakt tayyorlanishi uchun foydalanilgan mablag‘larni etkazib berganlikda gumon qilib qo‘lga olgandi.
U tergov jarayonida o‘ziga qo‘yilgan ayblarni tan olgan.
Tergov qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, Akbarjon Jalilovga xalqaro terrorchi tashkilotlardan biri orqali mablag‘ etkazib bergan.
«Tergov taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, Azimov Jalilov bilan aloqada bo‘lgan va unga pul etkazib bergan. U pul mablag‘larini Turkiyadagi xalqaro terrorchi tashkilotdan olgan», — deya sudya Elena Lenskayaning Azimovni hibsga olish haqidagi qaroridan iqtibos keltirgan RIA Novosti.
Qayd etilishicha, Azimov «hujjatlarni soxtalashtirish» bilan shug‘ullangan. Bu orqali u terrorchilarning Rossiyaga bemalol kirib kelishini ta’minlagan.
18 aprel kuni Akram Azimovning ukasi Abror Azimov hibsga olingandi.
Manba: Kun.uz
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi