
Noma’lum kimsalar dushanba kuniga o‘tar kechasi Kievdagi Litva elchixonasiga tutun hosil qiladigan granatani tashladi, deb xabar berdi Darakchi nashri.
Huquq-tartibot idorasi xodimlari elchixona binosidan 20 metr uzoqlikda bo‘lgan joydan tutun hosil qiluvchi “RGD-2ch” granatasining qoldiqlarini topdi. Mazkur hududni tekshirish jarayonida piyoda askarlarga qarshi ishlatiladigan “F-1” qo‘l granatasining bo‘sh korpusini topdi. Barcha topilgan buyumlar ekspertizaga topshirildi. Polisiya “Bezorilik” moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘ash masalasini ko‘rib chiqmoqda.
Mart oyida Polsha bosh elchixonasi granomyotdan o‘qqa tutilgandan so‘ng Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko mamlakatdagi chet el elchixonalarining qo‘riqlanishini kuchaytirgan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar