14:47 / 26.04.2017
6 490

Facebook Rossiya siyosatining eng mashhur vakillaridan birini «rasman tan oldi»

Facebook Rossiya siyosatining eng mashhur vakillaridan birini «rasman tan oldi»
Dunyodagi eng mashhur ijtimoiy tarmoqlardan biri Facebook rossiyalik siyosatchilardan biriga «verified» belgisini berdi.

Endi Rossiya tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarovaning tarmoqdagi sahifasida sahifa unga tegishli ekanini bildiradigan havorang belgi turadi. Bu haqda Zaxarova o‘zi o‘quvchilariga ma’lum qilgan.

Oldinroq Zaxarova Facebook'da «veryfied» galochkasini olish uchun ikki yildan buyon harakat qilayotganini aytgandi. Bunga o‘quvchilarning «Bu rostdan ham sizning sahifangizmi» degan savollari sabab bo‘lgan.

41 yoshli Mariya Zaxarova mutaxassisligi bo‘yicha sharqshunos va jurnalist. 2005-2008 yillarda Nyu-Yorkda Rossiyaning BMTdagi vakilligida matbuot kotibi bo‘lib ishlagan. Shu yil yanvarda Vladimir Putindan «Do‘stlik» ordenini qabul qilib oldi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Facebook Rossiya siyosatining eng mashhur vakillaridan birini «rasman tan oldi»