Prezident otgan to‘p ortidan yugurib, jurnalist yiqilib tushdi

Ba’zan hatto davlat rahbarlari ishtirokidagi rasmiy matbuot anjumanlarida ham kutilmagan va esda qolarli holatlar yuz beradi. Klaudiya Sheynbaum qatnashgan tadbirda ham aynan shunday vaziyat kuzatildi.
Ma’lumki, Meksika 2026 yilgi FIFA World Cup mezbonlaridan biri hisoblanadi. Shu munosabat bilan prezident matbuot anjumanini futbol ruhidagi kichik shou bilan yakunlashga qaror qilgan.
Tadbir yakunida Sheynbaum xonim jurnalistlarga qarata futbol to‘plarini otgan. Ana shu paytda to‘pni ilib olishga harakat qilgan jurnalist ayol muvozanatini yo‘qotib, yiqilib tushgan.
Vaziyatni ko‘rgan prezident darhol unga yordam qo‘lini cho‘zgan. Jurnalist ayol tezda o‘rnidan turib olgan va unga mo‘ljallangan to‘p ham topshirilgan.
Yaxshiyamki, hodisa jiddiy oqibatlarga olib kelmagan. Aksincha, bu kulgili va samimiy lahza sifatida ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalib, foydalanuvchilar tomonidan iliq kutib olindi.





























Izohlar 0
…