07:20 / 29.04.2017
6 436

Qozog‘iston Shimoliy Koreyaga undan o‘rnak olishni maslahat qildi

Qozog‘iston Shimoliy Koreyaga undan o‘rnak olishni maslahat qildi
Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri Qayrat Abdraxmanov Shimoliy Koreyaga davlatni yadro qurolisiz rivojlantirish masalasida Qozog‘istondan o‘rnak olishni maslahat qildi.

"Biz ixtilofning tinch hal qilinishiga chorlab kelamiz. Qozog‘iston hanuzgacha sovuq urushning vayronkor merosi bilan kurashishga majbur, bizning davlat yadroviy sinovlar uchun 2-raqamli eng yirik maydon bo‘lgan. Uning yopilishi, yirik miqdordagi yadroviy qurolning yo‘q qilinishi davlatimizning katta yutug‘idir", deb aytdi Abdraxmanov.

Abdraxmanov Qozog‘iston davlat yadroviy qurolsiz ham ajoyib tarzda rivojlana olishiga a’lo darajada misol bo‘la olishiga ishonchi komilligini aytdi.

"Bizning noyadroviy maqomimiz noyadroviy rivojlanish yagona to‘g‘ri va imkoni bor yo‘l ekanligiga ishonchli misoldir. Biz Shimoliy Koreyani ham shunday tanlovni amalga oshirishga chorlaymiz", deb qo‘shimcha qildi vazir.

Ayni vaqtda Nyu-Yorkda BMT Xavfsizlik kengashining Shimoliy Koreya yadroviy dasturi rivojlanishiga bag‘ishlangan yig‘ilishi o‘tmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qozog‘iston Shimoliy Koreyaga undan o‘rnak olishni maslahat qildi