Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti 30 yilga qamaldi

Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti Yun Sok Yol Shimoliy Koreyaga dronlar yuborish ishi bo'yicha 30 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi. Sud uni mansab vakolatlarini suiiste'mol qilish va dushman tomonga ko'maklashishda aybdor deb topdi. Prokuratura mazkur harakatlar mintaqadagi vaziyatni keskinlashtirib, davlat xavfsizligiga jiddiy tahdid solganini ta'kidladi.
Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti Yun Sok Yol 30 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi. Sud uni Shimoliy Koreyaga dronlar yuborish bilan bog‘liq ishda aybdor deb topgan.
Ma’lum qilinishicha, sobiq davlat rahbari mansab vakolatlarini suiiste’mol qilish hamda dushman tomonga ko‘maklashishda ayblangan.
Prokuratura Yun Sok Yolning harakatlari mintaqadagi vaziyatni keskinlashtirgani va davlat xavfsizligiga jiddiy tahdid tug‘dirganini ta’kidladi.
Sobiq prezident esa o‘ziga qo‘yilgan ayblovlarni rad etmoqda. Hozircha hukm yuzasidan qo‘shimcha huquqiy jarayonlar davom etishi mumkin.































Izohlar 0
…