Qizchaning ilon bilan videolari ijtimoiy tarmoqlarda katta shov-shuvga sabab bo‘ldi

Qizchaning ilon bilan videolari ijtimoiy tarmoqlarda katta shov-shuvga sabab bo‘ldi

Ijtimoiy tarmoqlarda bir oila katta va uzun ilon boqayotgani aks etgan videolar keng tarqalmoqda. Ushbu videolarda 4-5 yoshlar atrofidagi qizchaning ilon bilan bemalol muloqot qilayotgani ko‘rinadi.

Kadrlar davomida qizcha ilon bilan o‘ynayotgani, uni yuvintirayotgani va hatto uning ustiga yotgani aks etgan. Bu holat ko‘plab foydalanuvchilarni hayratga solib, qisqa vaqt ichida videolar katta tomosha soniga va yuzlab izohlarga sabab bo‘ldi.

Izohlarda esa turli fikrlar bildirilmoqda. Ayrimlar bu ilonning zahari olingan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilayotgan bo‘lsa, boshqalar bunday holat juda xavfli ekanini ta’kidlab, ota-onani ehtiyot choralarini ko‘rishga chaqirmoqda. Ko‘pchilik esa ilon baribir yovvoyi instinktga ega ekanini eslatib, u kutilmaganda hujum qilishi mumkinligini yozmoqda.

Mazkur videolar yana bir bor ijtimoiy tarmoqlarda kontent uchun xavfli tajribalar qilish masalasi dolzarb ekanini ko‘rsatdi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Charos
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar