Afg‘onistonda ayollar uchun yangi qat’iy cheklovlar joriy etildi

Afg‘onistonda ayollar uchun yangi qat’iy cheklovlar joriy etildi
Qisqacha

Afgonistonning Hirot viloyatida Ezgulikni targib qilish va illatlarning oldini olish boshqarmasi ayollar uchun yangi qat’iy qoidalar joriy etilganini malum qildi. Ushbu tartibga kora, erkaklar o‘z oilasidagi ayollarning jamoat joylariga chiqishida belgilangan qoidalarga rioya etishini taminlashi shart, aks holda javobgarlik ularga ham yuklanadi.

Afg‘onistonning Hirot viloyatida Ezgulikni targ‘ib qilish va illatlarning oldini olish boshqarmasi ayollar uchun yangi qat’iy qoidalar joriy etilganini ma’lum qildi.

Rasmiy bayonotga ko‘ra, erkaklar o‘z oilasidagi ayollarning jamoat joylariga chiqishida belgilangan tartiblarga rioya etishini ta’minlashi shart. Aks holda, javobgarlik nafaqat ayolga, balki uning erkak qarindoshlariga ham yuklanadi.

Yangi tartiblarga muvofiq:

— ko‘chada ro‘molsiz yurish;

— yuzni ochiq holda chiqish;

— qomatni ko‘rsatadigan darajada tor kiyinish;

— ortiqcha pardoz qilib, nomahramlar e’tiborini tortish;

kabi holatlar qoidabuzarlik sifatida baholanadi va jazoga sabab bo‘lishi mumkin.

Ma’lum qilinishicha, ushbu talablarni buzganlar islomiy sudlarda ko‘rib chiqiladi. Mazkur qaror ijtimoiy tarmoqlarda turli munosabatlarga sabab bo‘lib, keng muhokamalarga turtki bermoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar