Tramp Eron bilan “ulkan kelishuv” yakunlanganini ma’lum qildi

Tramp Eron bilan “ulkan kelishuv” yakunlanganini ma’lum qildi

AQSH va Eron o‘rtasida dastlabki tinchlik memorandumi kelishib olingani ma’lum qilindi. Hujjat 19 iyun kuni Shveysariyada imzolanishi rejalashtirilmoqda.

Kelishuv barcha frontlarda, jumladan Livanda ham janglarni to‘xtatish hamda Ho‘rmuz bo‘g‘ozini qayta ochishni nazarda tutadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, memorandum Eron neftiga nisbatan sanksiyalarni yumshatish, muzlatilgan aktivlarni ozod qilish va yadroviy dastur bo‘yicha majburiyatlarni ham o‘z ichiga oladi.

Hujjat imzolangach, AQSH va Eron yana 60 kun davomida eng bahsli masalalar bo‘yicha muzokaralarni davom ettiradi. Shundan so‘ng yakuniy tinchlik kelishuvi imzolanishi kutilmoqda.

Donald Tramp kelishuv mintaqada tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlashga xizmat qilishini ta’kidladi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nigina Zarqarayeva
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar