Tramp tadbirda uxlab qoldimi? Kadrlar bahslarga sabab bo‘ldi (video)

AQSH prezidenti Donald Tramp Oq uy maysazorida bo‘lib o‘tgan UFC Freedom 250 tadbirida ishtirok etdi. Ushbu musobaqa davomida, uning 80 yoshini nishonlash marosimi ham o‘tkazilgan.
Biroq tadbir vaqtida Tramp bir necha daqiqaga ko‘zini yumgan holda o‘tirgani aks etgan videolar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Bu holat ba’zilar tomonidan “uxlab qoldi” deya baholangan bo‘lsa, boshqalar esa uning shunchaki dam olayotganini ta’kidlamoqda.
Kadrlar qisqa vaqt ichida keng muhokamalarga sabab bo‘lib, foydalanuvchilar orasida turli fikrlar paydo bo‘ldi. Hozircha mazkur holat yuzasidan rasmiy izoh berilmagan.





























Izohlar 0
…