Polshada dahshatli topilma: 32 nafar tug‘ilmagan bola qoldiqlari aniqlandi

Polshada dahshatli topilma: 32 nafar tug‘ilmagan bola qoldiqlari aniqlandi

Polshada jamoatchilikni larzaga solgan voqea yuz berdi. Mamlakatning Jeshuv shahri yaqinida joylashgan Luturij qishlog‘ida qurilish ishlari olib borilayotgan paytda 32 nafar tug‘ilmagan bolaga tegishli qoldiqlar topildi.

Ma’lum qilinishicha, hududda yangi turar joy majmuasi qurish uchun yer tayyorlanayotgan bo‘lgan. Qazish ishlari davomida topilgan ushbu holat darhol huquqni muhofaza qiluvchi organlar e’tiborini tortgan.

Hozirda mazkur ish yuzasidan tergov harakatlari boshlangan. 57 yoshli patologoanatom shifokor Magdalena gumonlanuvchi sifatida qo‘lga olingan. Prokuratura unga “marhumlar qoldiqlarini tahqirlash” hamda “tibbiy materiallarni belgilanmagan joyda saqlash” kabi moddalar bo‘yicha ayblov qo‘yilishi mumkinligini ma’lum qilgan.

Mutaxassislar holat sabablarini aniqlash va qoldiqlarning kelib chiqishini o‘rganish bo‘yicha ekspertizalar o‘tkazmoqda. Bu voqea Polsha jamiyatida jiddiy muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Charos
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar