Sun’iy intellekt orqali “tirilgan” o‘g‘il: ona bir yildan beri u bilan gaplashmoqda

Sun’iy intellekt orqali “tirilgan” o‘g‘il: ona bir yildan beri u bilan gaplashmoqda

Xitoyda hayratlanarli va bir vaqtning o‘zida bahsli voqea jamoatchilik e’tiborini tortdi. 80 yoshli ayol bir yil davomida avtohalokatda vafot etgan o‘g‘lining sun’iy intellekt yordamida yaratilgan raqamli nusxasi bilan muloqot qilib kelayotgani ma’lum bo‘ldi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, erkakning oila a’zolari og‘ir yo‘qotish haqida onaga darhol xabar bermaslik maqsadida noodatiy qarorga kelishgan. Ular marhumning fotosuratlari, videolari va ovoz yozuvlari asosida uning raqamli “klon”ini yaratishgan.

Yaratilgan sun’iy intellekt modeli nafaqat tashqi ko‘rinishni, balki marhumning ovozi, gapirish uslubi va ayrim xatti-harakatlarini ham deyarli aniq takrorlay oladi. Shu sababli ayol uzoq vaqt davomida o‘g‘lining vafot etganini sezmagan va u bilan odatdagidek suhbatlashib kelgan.

Mazkur holat sun’iy intellektning imkoniyatlari bilan birga, uning axloqiy va psixologik jihatlari bo‘yicha ham keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Charos
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar