Dunyoda 10 ta yirik suv havzasi ko‘z o‘ngimizda qurib bormoqda

Dunyoda 10 ta yirik suv havzasi ko‘z o‘ngimizda qurib bormoqda

Sayyoramiz jiddiy ekologik muammolardan biriga duch kelmoqda. Mutaxassislar ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo har yili taxminan 324 trillion litr chuchuk suvdan ayrilmoqda. Bu esa 280 million insonning bir yillik ehtiyojini qondirishga yetadigan ulkan miqdor hisoblanadi.

Jahon bankining 2025 yilgi hisobotiga ko‘ra, bu holatning asosiy sabablari sifatida kuchayib borayotgan qurg‘oqchilik, suv resurslaridan samarasiz foydalanish hamda yerlarning noto‘g‘ri o‘zlashtirilishi keltirilgan.

Shu munosabat bilan BMT 17 iyunni Butunjahon cho‘llanish va qurg‘oqchilikka qarshi kurash kuni deb e’lon qilgan.

Al Jazeera sun’iy yo‘ldosh tasvirlari orqali dunyoda eng tez qurib borayotgan 10 ta suv havzasini tahlil qildi.

Eng tashvishli misollardan biri — O‘zbekistondagi Orol dengizi. O‘nlab yillar davomida daryo suvlarining qishloq xo‘jaligiga yo‘naltirilishi oqibatida dengiz o‘z hajmining 90 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi.

Dunyoda 10 ta yirik suv havzasi ko‘z o‘ngimizda qurib bormoqda

Erondagi Urmiya ko‘li ham og‘ir ahvolga tushib qolgan. Bir vaqtlar Yaqin Sharqning eng yirik sho‘r ko‘li hisoblangan suv havzasi bugun o‘z hajmining atigi 10 foizidan ham kamrog‘ini saqlab qolgan.

Dunyoda 10 ta yirik suv havzasi ko‘z o‘ngimizda qurib bormoqda

Boliviyadagi Poope ko‘li esa deyarli butunlay yo‘qolib ketdi. Bu nafaqat tabiat, balki mahalliy aholining hayotiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Baliqchilik tugab, ko‘plab oilalar tirikchilik manbaidan ayrildi.

Dunyoda 10 ta yirik suv havzasi ko‘z o‘ngimizda qurib bormoqda

Argentinadagi Parana daryosida suv sathining keskin tushib ketishi xalqaro savdoga ham ta’sir ko‘rsatmoqda. Don mahsulotlarini tashish qiyinlashib, elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmi ham qisqargan.

Dunyoda 10 ta yirik suv havzasi ko‘z o‘ngimizda qurib bormoqda

Shuningdek, AQSHdagi Mid ko‘li, Chilidagi Akuleo lagunasi, Botsvanadagi Ngami ko‘li, Malining Faguibine ko‘li, Iroq botqoqliklari va Madagaskarning qurg‘oqchilik hududlari ham ekologik xavf ostida qolmoqda.

Mutaxassislar ogohlantirishicha, agar suv resurslaridan oqilona foydalanilmasa, kelajakda bu muammo yanada keskinlashishi mumkin.

Bugun dunyoda qurib borayotgan suv havzalari faqat ekologik muammo emas, balki millionlab insonlarning hayoti, oziq-ovqat xavfsizligi va iqtisodiyotiga bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi global tahdidga aylanib ulgurdi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Aziza Shukhratova
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar