AQSh prezidenti Donald Tramp Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In bilan uchrashishi mumkinligini aytdi. Bu haqda Kun nashri yozmoqda.
"Agar u bilan uchrashish joiz bo‘lsa, unda u bilan uchrashardim", deb aytdi Tramp Bloomberg axborot agentligiga bergan intervyusida.
Koreya yarimorolidagi vaziyat Shimoliy Koreya bir qator raketalar uchirgani va yadroviy sinov o‘tkazgani haqidagi gaplardan keyin taranglashdi. AQSh Shimoliy Koreyaga qarshi jangovar harakatlar sodir etishi mumkinligini aytgan, biroq shunga qaramay, Pxenyanga sanksiyalar orqali iqtisodiy bosim o‘tkazishga e’tiborini qaratgan.
Koreya yarimorolini yadroviy qurolsizlantirish bo‘yicha Rossiya, Shimoliy Koreya, Janubiy Koreya, AQSh, Xitoy va Yaponiya diplomatlari ishtirokidagi 6 tomonlama muzokaralar 2003 yildan beri olib boriladi, biroq 2008 yilda "boshi berk ko‘chaga" kirib qolgan. AQSh Pxenyanga nisbatan "toqati tugagani"ni aytmoqda.
O‘tgan hafta Shimoliy Koreya navbatdagi ballistik raketani uchirdi. AQShda ushbu raketa KN-17 rusumidagi, o‘rta masofalarga mo‘ljallangan raketa ekanligi taxmin qilingan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Krokus»dagi hujum bo‘yicha sakkizinchi ayblanuvchining ismi oshkor qilindi
Emmanuel Makron: “Ukraina tez orada qulashi mumkin”
AQSH rasmiylari: Millionlab amerikaliklar xitoylik hakerlar hujumiga uchragan
Rossiya Ukrainaning harbiy dron yig‘uv inshootlarini yo‘q qildi
Teraktdan keyin Rossiyadagi Tojikiston fuqarolari nafrat va tajovuzga duchor bo‘lmoqda
Erdo‘g‘on terrorchilar haqida keskin gapirdi
Rossiyalik tergovchilar teraktda ayblanayotganlar oilasini so‘roq qilish uchun Tojikistonga keldi
Rossiyaning harbiy operatsiyadagi manyovri Ukrainani hayratga soldi