230 yillik an’ana: Meksika meri timsohga uylandi

230 yillik an’ana: Meksika meri timsohga uylandi

Meksikaning San-Pedro-Uamelula shahrida 230 yildan buyon davom etib kelayotgan noodatiy an’ana yana bir bor o‘tkazildi. Marosim doirasida shahar meri Viktor Xyugo Sosa "kichik malika" — urg‘ochi kaymana bilan unashtirildi. Bu haqda Jornada nashri xabar berdi.

Mahalliy afsonalarga ko‘ra, ushbu marosim tabiat va inson o‘rtasidagi uyg‘unlikni ifodalaydi. Shuningdek, shahar merining timsohga ramziy uylanishi baliqchilarga omad, mo‘l-ko‘l rizq va barakali mavsum olib kelishiga ishoniladi. Shu sababli mazkur urf-odat har yili tantanali tarzda nishonlanadi.

Marosim oldidan timsoh maxsus diniy marosimdan o‘tkazilib, unga oppoq to‘y libosi kiydirildi. Xavfsizlikni ta’minlash maqsadida esa uning jag‘lari vaqtincha bog‘lab qo‘yildi. So‘ngra timsoh tantanali musiqa sadolari ostida ko‘chalarda aylantirilib, shahar meri bilan ramziy nikoh marosimi o‘tkazildi.

Tadbirga yuzlab mahalliy aholi va sayyohlar tashrif buyurdi. Rang-barang milliy liboslar, raqslar va xalqona bayram muhiti bilan o‘tgan marosim Meksikaning eng qiziqarli va o‘ziga xos an’analaridan biri sifatida yana bir bor jamoatchilik e’tiborini tortdi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar