Rossiyada yonilg‘i navbatida qurol ishlatildi, bir kishi yaralandi

Rossiyada yonilg‘i navbatida qurol ishlatildi, bir kishi yaralandi

Rossiyaning Chelyabinsk shahrida yonilg‘i quyish shoxobchasida navbat talashi qonli mojaroga aylandi. Hodisa oqibatida bir kishi o‘q yeb, shifoxonaga olib ketildi.

Ma’lum qilinishicha, voqea Lutsenko ko‘chasida joylashgan yonilg‘i quyish shoxobchasida sodir bo‘lgan. Dastlab haydovchilardan biri navbatni buzib, avtomobilga benzin quydirishga uringan. Bu esa boshqa mijozlarning e’tiroziga sabab bo‘lgan.

Guvohlarning aytishicha, bahs qisqa vaqt ichida janjalga aylanib, haydovchilardan biri travmatik quroldan o‘q uzgan. Natijada navbatda turgan erkak qorin qismiga jarohat olgan.

«Navbatga amal qilishini so‘radik, ammo u rozi bo‘lmadi. Mashinalarda bolalar ham bor edi. O‘q boshqalarga ham tegishi mumkin edi», deya voqea guvohlaridan biri holatga izoh bergan.

Jabrlanuvchi zudlik bilan shifoxonaga yetkazilgan. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar esa voqea joyidan qochishga uringan 26 yoshli gumonlanuvchini qo‘lga olgan. Unga nisbatan tan jarohati yetkazish moddasi bo‘yicha jinoyat ishi doirasida tergov harakatlari olib borilmoqda.

Fon sifatida ta’kidlanishicha, Rossiyada so‘nggi oylarda yonilg‘i ta’minoti bilan bog‘liq muammolar kuchaygan. Ukraina dronlari hujumlari ortidan neft infratuzilmasiga yetkazilgan zarar tufayli ayrim hududlarda benzin taqchilligi kuzatilmoqda. Shu bois mamlakat benzin importini oshirish va ichki bozordagi taqchillikni bartaraf etish choralarini ko‘rmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar