Tutun AQSHgacha yetib bordi: Tramp Kanada tutuni uchun qo‘shimcha tariflar bilan tahdid qildi

Tutun AQSHgacha yetib bordi: Tramp Kanada tutuni uchun qo‘shimcha tariflar bilan tahdid qildi

Kanadadagi o‘rmon yong‘inlari ortidan hosil bo‘lgan tutun AQSH hududiga tarqalayotgani Vashington va Ottava o‘rtasida bahsga sabab bo‘ldi. AQSH prezidenti Donald Tramp Kanada hukumatini o‘rmonlarni yetarlicha nazorat qilmayotganlikda tanqid qildi.

Tramp Truth Social sahifasida bu vaziyatni “qabul qilib bo‘lmaydigan” holat deb atadi. Uning aytishicha, Kanadaning yong‘inlar bilan bog‘liq muammoni hal qilishdagi sustligi AQSHga ekologik zarar bilan birga iqtisodiy yo‘qotishlar ham keltirmoqda.

AQSH rahbari Kanada bosh vaziri Mark Karni bilan bog‘lanib, vaziyat bo‘yicha qanday choralar ko‘rilayotganini so‘rashini bildirdi. Tramp, shuningdek, tutun va havo ifloslanishi tufayli yuzaga kelayotgan xarajatlar Kanada mahsulotlariga qo‘llaniladigan tariflarga qo‘shilishi mumkinligini aytdi.

Kanada tomoni bu tanqidlarga javoban, 2020 yildan beri o‘rmonlarni himoya qilish va yong‘inlarning oldini olish uchun 12 mlrd Kanada dollari sarflanganini ma’lum qildi. Rasmiylar AQSH bilan bu yo‘nalishda uzoq yillardan buyon hamkorlik qilinayotganini ham ta’kidladi.

Ayni paytda eng yirik yong‘inlar Ontario viloyatining shimoli-g‘arbiy qismida davom etmoqda. Ular yuz minglab gektar maydonga zarar yetkazgan, minglab odamlar evakuatsiya qilingan.

Iqlim o‘zgarishi fonida o‘rmon yong‘inlari xavfi ortib borayotgani aytilmoqda. Bu muammo faqat Kanada emas, AQSH uchun ham dolzarb bo‘lib qolmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar