Lamin Yamal final oldidan Nyu-Yorkda sevgilisi bilan ko‘rinish berdi

Lamin Yamal final oldidan Nyu-Yorkda sevgilisi bilan ko‘rinish berdi

FIFA Jahon chempionati finali oldidan Ispaniya terma jamoasi futbolchisi Lamin Yamal Nyu-Yorkda sevgilisi Ines Garsiya bilan birga ko‘rindi.

Tarmoqlarda tarqalgan videoda Yamal va Ines Garsiya halol taom sotiladigan ko‘chma savdo nuqtasidan ovqat xarid qilayotgani ko‘rinadi. Videoni ko‘rgan foydalanuvchilar bu holatni faol muhokama qilmoqda.

Yamal ayni paytda Ispaniya terma jamoasining eng ko‘p tilga olinayotgan futbolchilaridan biri bo‘lib turibdi. Final oldidan uning maydon tashqarisidagi chiqishlari ham muxlislar qiziqishiga sabab bo‘lmoqda.

Ispaniya hal qiluvchi o‘yinda Argentina bilan to‘qnash keladi. Yamal esa bu uchrashuvda jamoasining asosiy umidlaridan biri sifatida ko‘rilmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar