Turkiyada ham ZAGSdan o‘tgan Shahlo Salayeva kuyovning oyog‘ini bosdi (video)

Xonanda Shahlo Salayeva intervyularidan birida 4 aprel kuni O‘zbekistonda qonuniy nikohdan o‘tganini ma’lum qilgan edi. Kecha, 21 iyul kuni, juftlik Turkiyaning Trabzon shahrida ikkinchi to‘y marosimini o‘tkazdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda ularning Turkiyada ham rasman nikohdan o‘tgani aks etgan. Lavhalarda Shahlo va Veysel nikoh qaydnomasiga imzo qo‘yib, bir-birlariga nikoh uzuklarini taqayotgani hamda ushbu quvonchli lahzalarni yaqinlari bilan nishonlayotganini ko‘rish mumkin.

To‘y marosimida yana bir qiziqarli holat kuzatuvchilar e’tiboridan chetda qolmadi. Videoda Shahlo Salayevaning kulimsiragan holda Veysel Dulgerning oyog‘ini sekingina bosgani aks etgan. Bu lavha ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinib, ko‘plab foydalanuvchilar uni o‘zbek to‘ylaridagi hazilomuz urf-odatlardan biri sifatida baholab, juftlikka baxt va uzoq umr tilashmoqda.






























Izohlar 0
…