Yaponiya noqonuniy yurgan yana ikki o‘zbekistonlikni deportatsiya qildi

Yaponiya noqonuniy yurgan yana ikki o‘zbekistonlikni deportatsiya qildi

Yaponiya Immigratsiya xizmatlari agentligi mamlakatda noqonuniy ravishda yashab kelgan yana ikki nafar O‘zbekiston fuqarosini deportatsiya qildi. Bu haqda O‘zbekistonning Yaponiyadagi elchixonasi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, fuqarolardan biri Yaponiyaga texnik stajor vizasi bilan kirgan, biroq viza muddati tugaganidan keyin ham mamlakatni tark etmagan va keyinchalik huquq-tartibot idoralari tomonidan qo‘lga olingan. Ikkinchi fuqaro esa qisqa muddatli viza bilan kirib, uning amal qilish muddati tugaganidan so‘ng noqonuniy qolgan va hibsga olingan.

Yaponiya rasmiylari noqonuniy yashash yoki ishlash holatlari aniqlansa, bunday shaxslar deportatsiya qilinishini yana bir bor eslatdi. Shuningdek, fuqarolarga "Yaponiyada bemalol ishlash mumkin" kabi asossiz va chalg‘ituvchi takliflarga ishonmaslik tavsiya etildi.

Bundan tashqari, qochqin maqomini olish uchun asossiz ariza topshirish mamlakatda qolish huquqini bermasligi, aksincha rad javobidan so‘ng deportatsiyaga sabab bo‘lishi mumkinligi ta’kidlandi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar