14:52 / 26.05.2017
7 158

Usmonov Navalniyga qarshi: Shovqin kuchaymoqda

Usmonov Navalniyga qarshi: Shovqin kuchaymoqda
Rossiyalik oligarx Alisher Usmonov muxolifatdagi siyosatchi, «Korrupsiyaga qarshi kurashish» fondi etakchisi Aleksey Navalniyga nisbatan ikkinchi marta murojaat qilib, unga ikkinchi marta «tuflagach», muxolifatchi bunga qisqacha javob berdi, deydi Kun.uz sayti.

Eslatib o‘tamiz, 2018 yilgi Rossiya prezidenti saylovlariga o‘z nomzodini ilgari surgan Aleksey Navalniy Alisher Usmonov tomonidan mamlakat bosh vaziri Dmitriy Medvedevga Rublyovka turar joy maskanida joylashgan hashamatli turar-joy pora sifatida berilganini da’vo qilib keladi.

Usmonov esa, o‘z navbatida, bu gaplarning hammasini tuhmat, deya ta’kidlab kelmoqda. U hatto Navalniyning bu masala yuzasidan debatda qatnashish chaqirig‘iga ham rad javobini berib, «debat endi sudda bo‘ladi», degan.

Navalniyning ushbu chiqishida bayon qilgan fikricha, Kreml Medvedevni himoya qilish uchun Usmonovdan qalqon sifatida foydalanmoqda. Navalniy Usmonovning korrupsioner ekanligini isbotlab berishini ta’kidlab o‘tgan. Navalniy o‘z saylov kampaniyasi maqsadlaridan biri ham siyosiy kun tartibiga rus oligarxlari, ayniqsa xomashyo oligarxlari kim ekanligi masalasini qo‘yishdan ham iborat ekanligini aytib o‘tgan.

«Chunki ular iqtisodiyot tuzilmasi, jamiyat tuzilmasini vayron qilishadi, biznesning nima ekanligi haqida aholi o‘rtasida noto‘g‘ri tushuncha shakllanishiga sabab bo‘lishadi, — deydi Navalniy. — Ular aholi o‘rtasida biznesmenlarga nafrat uyg‘onishiga sabab bo‘lishadi. Chunki esi joyida bo‘lgan har qanday odam, mana shunday, «mendan kechirim so‘rashlaring kerak», deb turgan basharaga qarab, prinsip jihatidan biznesga salbiy munosabatda bo‘la boshlaydi».

«Usmonov bilan mubohasa biz uchun muhim, men jon deb unda ishtirok etaman va uning gaplariga javoban hali batafsil video chiqaraman», — degan Navalniy.

30 may kuni Moskva shahar, Lyublino rayon sudida Alisher Usmonovning Navalniy ustidan qadr-qimmatni himoya qilish masalasidagi da’vosi yuzasidan sud majlisi bo‘lib o‘tadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Usmonov Navalniyga qarshi: Shovqin kuchaymoqda