
AQShning Florida shtatidagi Orlando shahrida uzunligi uch metr bo‘lgan alligator samolyot bilan to‘qnashdi, deb yozadi “Darakchi” nashri.
Voqea Orlando Executive aeroportida ro‘y berdi. Bu haqda mahalliy uchuvchi Bred Pirs o‘zining Facebook sahifasida xabar qoldirdi. Kichik samolyot aeroportga qo‘nayotganda uchish-qo‘nish yo‘lagiga chiqib qolgan alligator sakrab, samolyotning qanotiga urildi. Alligator voqea joyida halok bo‘ldi. Samolyotning qanoti shikastlandi.
“Shuncha yildan beri aviasiyada ishlaganimga qaramay, ilk marotaba bunday axmoqona holatga guvoh bo‘lib turibman. Floridaga xush kelibsiz!”, deb yozdi Pirs. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar