Qozog‘istonning Olmaota shahrida dahshatli YTH yuz berdi. 2 kishi og‘ir jarohat bilan shifoxonaga etkazildi. Bu haqda “Nur.kz” saytiga tayanib “Qalampir.uz” xabar bermoqda.
Toyota Camry va Mercedes mashinalari bir yo‘ldan ketayotgan vaqtida, yapon avtomobili chap tarafga burilishni boshlagan. Mercedes esa uni quvib o‘tish uchun qarama-qarshi yo‘lga chiqqan va yon tomondan Toyota Camry bilan to‘qnashgan.
Toyota Camry’ga yon tarafdan zarba urilgach, mashina aylanib ketib, to‘siqqa urilgan. Bu vaqtda esa Toyota’da o‘tirgan qiz avtomobildan uchib chiqib, Mercedes g‘ildiraklari ostiga tushgan.
Mercedes qizning ustidan bosib o‘tgach, guvohlar voqea joyiga darhol etib kelishdi. Mashinani ko‘tarib, uning ostidagi qizni chiqarib olishdi. Ular tez yordam xizmati va polisiyani chaqirishgan.
Polisiya vakillari etib kelishganida, Mercedes mashinasida bo‘lgan yo‘lovchilardan biri haydovchi ekanini aytgan. Guvohlar esa haydovchi boshqa kishiligini va u mast holda bo‘lganini aytishmoqda. Hozirda surishtiruv ishlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin