Osmondagi dahshat: Flydubai uchuvchisi samolyotni Isroilga qulatmoqchi bo‘lganini bo‘yniga oldi

QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
- Dubaydan Tel-Avivga uchayotgan Flydubai samolyotida o‘monlik uchuvchi hamkasbiga pichoq bilan hujum qilib, laynerni Isroil hududiga qulatmoqchi bo‘lganini tan oldi.
- Uning radikal qarashlari sababli O‘mon hukumati avvalroq unga parvozlarni taqiqlagan edi, biroq u keyinchalik Flydubai'da ishga kirgan.
- Yo‘lovchilar orasidagi ikki nafar professional uchuvchi hujumchini zararsizlantirib, samolyotni Saudiya Arabistonining Tabuk shahridagi aeroportiga xavfsiz qo‘ndirgan.
Dubaydan Tel-Avivga yo‘l olgan Flydubai aviakompaniyasi laynerida sodir bo‘lgan dahshatli hodisa tafsilotlari ma’lum bo‘ldi. Parvoz vaqtida kabinada hamkasbiga pichoq bilan hujum qilgan o‘monlik uchuvchi laynerni ataylab Isroil hududiga qulatishni rejalashtirganini tergovchilarga tan oldi.
Bu haqda AQSHning nufuzli ABC News telekanali tergov jarayonidan xabardor manbalariga tayanib ma’lum qildi.
Tergovdagi dahshatli iqror
Qo‘lga olingan gumonlanuvchi ayni damda rasmiy tergov organlari bilan hamkorlik qilmoqda:
Halokat maqsad qilingan: Suroq jarayonida uchuvchi yo‘lovchilar bilan to‘la samolyotni Isroil hududida halokatga uchratish niyatida bo‘lganini oshkor qilgan.
Radikal qarashlar va taqiq: Wall Street Journal ma’lumotlariga ko‘ra, bungacha uning radikallashgani va yonidan ekstremistik materiallar topilgani sababli O‘mon hukumati unga parvozlarni taqiqlagan edi. Shunga qaramay, u ma’muriy lavozimda ishlashga ruxsat olib, keyinchalik qandaydir yo‘l bilan Flydubai aviakompaniyasiga uchuvchi sifatida ishga qabul qilingan.
O‘mon tomoni ushbu fuqaroning xavfli qarashlari haqida boshqa davlatlarni yoki xalqaro aviatashuvchilarni ogohlantirgani yoki yo‘qligi hozircha noma’lum qolmoqda.
Osmondagi janjal: Fojia qanday to‘xtatib qolindi?
Favqulodda hodisa Dubay — Tel-Aviv yo‘nalishi bo‘ylab parvoz vaqtida yuz bergan:
Uchuvchilar kabinasida janjal chiqargan o‘monlik uchuvchi havo kemasi komandiriga pichoq bilan tashlanib, unga og‘ir jarohat yetkazgan.
Samolyot darhol favqulodda holat (SOS) signalini bergan.
BAXTIMIZGA, yo‘lovchilar orasida Flydubai kompaniyasining yana ikki nafar professional uchuvchisi bor bo‘lgan. Ular kabinaga kirib, hujumchini zararsizlantirgan va boshqaruvni o‘z qo‘llariga olishga muvaffaq bo‘lgan.
Yo‘nalishni tezkorlik bilan o‘zgartirgan uchuvchilar laynerni Saudiya Arabistonining Tabuk shahridagi aeroportga eson-omon va xavfsiz qo‘ndirishdi. Yo‘lovchilar jabrlanmagan, hozirda xalqaro tergov harakatlari davom etmoqda.































Izohlar 0
…