08:59 / 21.06.2017
6 432

Rossiya Qirg‘izistonning 240 million dollar qarzidan kechadi

Rossiya Qirg‘izistonning 240 million dollar qarzidan kechadi
Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambaevning Moskvaga qilgan davlat tashrifi yakunlari bo‘yicha tomonlar Qirg‘izistonning Rossiya oldidagi qarzidan kechish masalasi bo‘yicha kelishib olishdi, deb yozmoqda Kun.uz nashri.

Seshanba kuni Kremlda Rossiya Federasiyasi prezidenti Vladimir Putin va Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambaev o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Muzokaralar yakunida davlat rahbarlari ishtirokida sakkizta hujjat imzolandi. Har ikki davlatning moliya vazirlari 2012 yil 20 sentyabrda taqdim etilgan kredit bo‘yicha Qirg‘izistonning Rossiya oldidagi qarzdorligini tartibga solish bo‘yicha hukumatlararo bitimning dalolatnomasini imzolashdi, deb xabar beradi RBK.

“Qirg‘iston tomonidan qarzdan kechish borasida murojaat bo‘ldi, biz hamkorlarimizga peshvoz chiqdik va bugun 240 million AQSh dollari hajmidagi qarzdan kechish haqida dalolatnoma imzolandi”, — deya tushuntirgan RBKga Rossiya moliya vaziri Anton Siluanov. Vazirning so‘zlariga ko‘ra, bitim davlat dumasi tomonidan ratifikasiya qilingach, kuchga kiradi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiya Qirg‘izistonning 240 million dollar qarzidan kechadi