Istanbulda o‘quvchi qiz maktabga pichoq bilan kirib, tengdoshlariga hujum qildi

Istanbulda o‘quvchi qiz maktabga pichoq bilan kirib, tengdoshlariga hujum qildi

Istanbulning Bashakshehir tumanidagi o‘rta maktablardan birida pichoqbozlik sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida 8 nafar o‘quvchi jarohatlangan, ulardan biri shifoxonada vafot etgan. Bu haqda APA xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, voqea 6 oktyabr kuni soat 08:40 atrofida Kayashehirdagi Shayx Shamil Imom Hatip o‘rta maktabida sodir bo‘lgan. Hujumni boshqa maktabda tahsil oluvchi 15 yoshli qiz amalga oshirgan. U maktab binosiga pichoq bilan kirib, o‘quvchilarga hujum qilgan.

Jarohatlangan o‘quvchilar tez yordam mashinalarida shifoxonalarga olib ketilgan. Hujumni amalga oshirgan o‘quvchi esa qo‘riqlash xodimlari tomonidan ushlanib, politsiyaga topshirilgan. Unga nisbatan tergov harakatlari boshlangan.

Dastlab Istanbul gubernatorligi 5 nafar o‘quvchi jarohatlanganini ma’lum qilgan edi. Keyinroq Sog‘liqni saqlash vazirligi hodisada 8 kishi jarohatlanganini bildirgan. Jarohatlanganlardan biri og‘ir ahvolda bo‘lgan va shifokorlar sa’y-harakatlariga qaramay vafot etgan.

Hodisa yuzasidan jinoiy tergov boshlangan. Shuningdek, Istanbuldagi mazkur maktabda ta’lim jarayoniga 6 va 7 oktyabr kunlari tanaffus berilgan.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar