Dog‘istonlik dorboz 100 metr balandlikda palov damlab, barchani hayratga soldi

Dog‘istonlik dorboz va murabbiy Komil Mamayev havo sharining savatida, yerdan 100 metr balandlikda qozonda palov tayyorladi. Noodatiy tajriba 10 oktyabr kuni Dog‘istonning Erpeli ekoparkida bo‘lib o‘tgan V xalqaro palov festivalida namoyish etildi. Bu haqda mahalliy OAV xabar berdi.
Mamayevning aytishicha, u ushbu chiqish orqali Dog‘istonning qadimiy dorbozlik san’ati va madaniyatini kengroq tanitishni maqsad qilgan. Tashkilotchilar bu tajribani 100 metr balandlikda palov tayyorlash bo‘yicha rekord sifatida taqdim etgan.
Tadbirda tayyorlangan palov xayriya auksionida 100 ming rublga sotilgan. Xaridor esa taomni o‘zida olib qolmay, festival mehmonlariga bepul tarqatgan.































Izohlar 0
…