22:46 / 24.06.2017
5 903

Amerikada eng xavfli mafiyalardan biri etakchisi ozod etildi

Amerikada eng xavfli mafiyalardan biri etakchisi ozod etildi
Amerikaning Massachusets shtatida tavallud topib voyaga etgan, mamlakat hayotidagi eng xavfli hisoblangan jinoiy guruhlardan biri etakchisi Jon Sonni ozodlikka chiqarildi. Mafiyachi yaqinda 100 yoshga to‘libdi. Ammo hanuz jinoyatlar sodir etishdan tiyilmayapti. Huquqni muhofaza qilish tashkilotlari vakillarining gapiga ko‘ra, u 8 yillik jazo muddatini o‘tayotgandi. Garchi hali jazo muddati tugamagan bo‘lsa-da, Sonni prokurorlardan hayotining so‘nggi kunlarini oila davrasida o‘tkazish uchun ruxsat berishlarini so‘radi. Jinoyatchining iltimosi qondirildi.

Sonni bobo 1967 yili o‘z mafiyasiga asos solib, aksar hollarda reket va bosqinchilik jinoyatlarini sodir etib kelgan. Yuzlab qotilliklarda shaxsan ishtirok etgan. Prokurorlarning aytishicha, uni olti marotaba kechirib, turmalardan ozod etishgan. Sonni tavba qilgan. Lekin oradan hech qancha o‘tmay, yana jinoyatga qo‘l uravergan. Hisob-kitoblarga qaraganda, Sonni umrining roppa-rosa 50 yilini turmalarda o‘tkazgan.

Hozirgi kunlarda Sonnining salomatligi ancha pand egan. Prokuror va sudyalar shuni hisobga olib qariya boshqa jinoyat ko‘chasiga kirmasligiga ishonishdi. Tag‘in xudo biladi. Ajab emaski, 100 yoshida astoydil tavba qilib, jonini xudoga topshirsa.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Amerikada eng xavfli mafiyalardan biri etakchisi ozod etildi