15:38 / 26.06.2017
6 823

Ukraina prezidenti Tramp bilan uchrashish uchun 600 ming dollar haq to‘lagani rostmi?...

Ukraina prezidenti Tramp bilan uchrashish uchun 600 ming dollar haq to‘lagani rostmi?...
Ma’lumingizkim, yaqinda Ukraina prezidenti Petr Poroshenko Amerika rahbari Donald Tramp bilan uchrashib qaytdi. Aytishlaricha, u atigi olti daqiqa davom etgan bu uchrashuv uchun Amerikadagi lobbistik kompaniyalardan biri «BGR» va «Ukrainada islohotlarni qo‘llab-quvvatlash» banki vakillariga 600 ming dollar to‘lagan. Bu kompaniyalar Donald Tramp bilan uchrashishni istovchilar uchun to‘lanadigan haqni o‘zlari belgilashadi, deb yozadi Hordiq.uz nashri.

— Tramp qabuliga kirish juda katta muammo, — dedi lobbistik kompaniya vakillaridan biri. — Agar uning o‘zi zarur deb topmasa, hech qachon Oq uyga kira olmaysiz. Poroshenko Trampdan qurol-aslaha va pul masalasida ko‘mak so‘rash uchun kelgan. Demak, unga uchrashuv suv va havodek zarur bo‘lgan…

Dunyo ekspertlari hozircha bu xabarga nisbatan fikr bildirganlaricha yo‘q. Ammo Ukrainaning o‘zida faoliyat yurituvchi muxolifatchi kuchlar Poroshenko tutgan ishni to‘g‘ridan-to‘g‘ri sharmandalik deb atashdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ukraina prezidenti Tramp bilan uchrashish uchun 600 ming dollar haq to‘lagani rostmi?...