6 526
AQSh Afg‘onistondagi harbiy operasiyalarni qayta tiklash imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda
AQSh mudofaa vazirligi rahbariyati Afg‘onistonda tolibon va "Haqqoniy tarmog‘i" guruhi jangarilarini yo‘q qilish maqsadida harbiy operasiyalarni tiklash imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Kun.uz nashri shu haqida xabar berdi.
Pentagondagi manbalarning ma’lum qilishicha, AQSh va Oq uy harbiy idorasi hozirda Amerikaning Afg‘onistondagi strategiyasini qayta ko‘rib chiqmoqda. Bunda AQSh prezidenti Donald Trampning milliy xavfsizlik bo‘yicha yordamchisi Gerbert Makmaster faol ishtirok etmoqda. Iyul oyida Amerika etakchisiga Afg‘onistondagi "Tolibon" va "Haqqoniy tarmog‘i" harakatlariga qarshi operasiyalarning qayta tiklanishiga doir takliflar taqdim etilishi kutilmoqda.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, bugungi kunda Afg‘onistonda xalqaro koalisiyaning taxminan 13 ming harbiy xizmatchisi bor, amerikalik 8,4 ming askar va ofiser ham shular jumlasidandir. Ular asosan Afg‘onistondagi harbiylarni o‘qitish bilan shug‘ullanishadi, shuningdek harbiy maslahatchi rolida namoyon bo‘lishadi. NBC'da ta’kidlanishicha, bugungi kunda Amerika harbiy kuchlari asosan IShID va "Al-Qoida" terrorchi guruhlariga zarba berishmoqda, toliblarga esa - kamdan-kam holatlarda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Afg‘onistonda taxminan 35 ming "Tolibon" harakati jangarisi mavjud. IShID tomonda esa respublikada atigi bir necha yuz kishi jang qilmoqda. Holbuki, Afg‘oniston hukumati uchun toliblar ko‘proq tahdid tug‘diradi, deyiladi CNN'da. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi