7 654
Qozog‘istonning Qarag‘anda shahrida 26 yoshli ayolni bir yil davomida qul qilib ishlatishdi…
Bu ayol aslida nogiron edi. Bir yil oldin qullikka tushgan-u, uni oyoqlariga zanjir solingan holda saqlashgan, ishlatishgan. U qolgan ovqatlar bilangina oziqlangan. Agar ovqat qolmasa, och qolib ketavergan.
Onasining aytishicha, 26 yoshli Lyubov No‘g‘ayboyeva ismli bu qizi tug‘ruq paytida og‘ir jirohat olgan va hanuz psixodispanserda ro‘yxatda turadi. Vaqti-vaqti bilan tutqanog‘i tutib qolardi, agressiv odamga aylanardi, yonida yosh bolalar bo‘lsa, ayovsiz kaltaklay boshlardi. Onasi tushuntirishga, tinchlantirishga urinsa, uni ham urib tashlardi. Keyin ko‘chaga chiqib ketardi-da, anchadan keyin o‘ziga kelgan holda uyga qaytardi.
— Bu safar bir yil yo‘q bo‘lib ketdi, — deydi ona. — Polisiyaga xabar bermadim, chunki har gal o‘zi qaytib kelardi. Uzoq vaqt yo‘qolib qolgandan keyin polisiyaga xabar berishga majbur bo‘ldim. Yaxshi odamlar bor ekan. Ko‘ngillilar 8 soat deganda, qizimni topib berishdi. U ozib ketgan, qarashlari ayanchli edi. Agressiyadan asar yo‘q, aksincha, qo‘rqoq bir bandaga aylanib qolibdi…
Ona bo‘lmish Qoldirqul No‘g‘ayboyevaning aytishicha, Lyuba bir yil davomida Qarag‘anda va Jezkazgan oralig‘ida qullikda saqlangan. Uni ishlashga majbur etishibdi, shafqatsizlarcha kaltaklashibdi, faqat qolgan ovqatlarni berishibdi. Ovqat qolmasa, och holatda uxlab qolaveribdi. Yana uni 54 yoshli bir erkakka qo‘shib ham qo‘yishibdi. Xullas, Lyubani bir yil davomida it kuniga solishibdi.
— Uyga qaytgach, umuman gapdan qoldi, — dedi ona. — Nuqul uxlaydi. Ilgari uxlay olmay qiynalardi. Hozir esa boshini yostiqqa qo‘ydimi, tamom, uxlaydi-qoladi… Nima qilay? 2016 yil aprelida uydan chiqib ketdi. To‘xtatib qolishga mening kuchim etmasdi…
Jurnalistlar nihoyat Lyubaning o‘zini ham suhbatga tortishdi. Uning aytishiga ko‘ra, vokzalda bir erkak bilan tanishib qolgan-u, u birgalikda pul ishlab topishni taklif qilgan. Lyuba rozi bo‘lgan. Erkak Lyubani Jayram degan joyga olib ketgan. Ammo ishlayotgan eridagi uy egalari bilan munosabatlari yaxshi bo‘lmagani bois ketib qolgan. Lyubani boshqa bir odam ishga olib ketgan. Xuddi o‘sha erkak ayolni qullikka mahkum etgan.
Qoldirqul No‘g‘ayboyevaning gapi bo‘yicha Lyubaning ikki farzandi ham bor. Biri to‘rt, ikkinchisi olti yoshda. Ularning biri ham sog‘lom emas. Shu nevarasini operasiya qildirish uchun yashab turgan uyini sotishga majbur bo‘lgan. Baribir to‘liq tuzalib ketmadi. Endi bu oila ijara uylarda yashashga majbur.
Qarag‘anda polisiyasi ushbu fakt yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atgan. Lekin Qoldirqul opa ularga ishonmasmish. Aybdorni baribir jazolamasliklarini aytib turib olgan…
— Lyuba farzandim-da, — deydi ona yig‘lab. — To‘ng‘ich farzandini qachonlardir tutqanog‘i tutganda urib sal qursa ko‘r qilib qo‘yayozgan. Hozir ham bola faqir qo‘rqadi. Kimdir sal qattiq gapirsa, burchakka qisiladi-yu, boshini qo‘llari bilan yopib oladi…
Huquqni muhofaza qilish tashkiloti xodimlari ishonishmoqda. Yaqin vaqtlar ichida ekspertiza xulosalari chiqadi va tergov harakatlari boshlanadi. Aybdor albatta jazosini oladi.
Manba: hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi