Bitkoin (Bitcoin) korreksiyasi poyoniga etgani yo‘q va kriptovalyuta ko‘tarilish avvalidan kuzatiladigan tushish chog‘ida 1857 dollargacha qadrini yo‘qotishi mumkin. Biroq, shundan keyin, u 4000 dollargacha o‘sadi, degan Goldman Sachs texnik strategiyalar menejeri Sheb Ja’fariy. Elliottning to‘lqinli nazariyasiga asoslangan Ja’fariyning ta’kidlashicha, kriptovalyuta korreksiyani boshidan kechirmoqda, ammo keyinchalik, kriptovalyuta rekord ko‘rsatkichlarga erishadi.
«Hozirgi raqamlardan kelib chiqqan holda aytish mumkinki, eng quyi manzil — 3212 dollar, — deb yozadi Ja’fariy. — 3915 dollarlik ko‘rsatkichga etish salohiyati bor. Albatta, buning uchun biroz vaqt kerak».
Shu kunlarda bitkoinning bozor kapitallashuvi 42 mlrd dollarni tashkil etmoqda. Agar, Ja’fariy prognozi to‘g‘ri chiqsa, kriptovalyuta bozor kapitallashuvi 60 mlrd dollardan oshib ketadi. Bitkoin kursi yil boshidan beri 150 foizga o‘sdi.
Shu bilan birga, ta’kidlash joiz, so‘nggi haftalarda kriptovalyuta barqaror emas — 11 iyun kuni uning qiymati tarixiy rekordni (3025 dollar) qayd etdi. Biroq, bir hafta ichida 800 dollarga arzonlashib, 2185 dollarga etgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...