
Bugun, 11 iyul kuni Moskvada alkogol mahsuloti iste’mol qilayotgan ayol noma’lum sabablarga ko‘ra yonib ketdi.
Hozirda ayol kuchli kuyish natijasida shifoxonaning jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan. Bu haqda “Moskva” agentligi Moskva polisiyasi ma’lumotlariga tayanib xabar berdi.
Mahalliy polisiyaning ma’lum qilishicha, ayol atrofidagi guvohlar holatni har xil ifoda etishmoqda. Ya’ni ayrim guvohlar ayol sigaret chekish uchun harakat qilgan vaqtda olov sochiga tegib yong‘in sodir bo‘lganini aytishsa, ayrimlari bu holat qanday yuzaga kelganini ko‘rmay qolishganini ta’kidlashmoqda.
Zero, jabrlanuvchi ayol atrofidagi odamlar olovni o‘chirishga harakat qilishgandi, ammo olov ayolning tana qismlarini jiddiy tarzda kuydirib bo‘lgandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar