
Qatarliklarga tegishli minglab tuyalar Saudiya Arabistoni hukumati o‘z hududidan qatarliklarga tuya podalarini olib chiqib ketishni talab qilgandan keyin tashnalikdan nobud bo‘ldi. Bu haqda Kun.uz nashri xabar bermoqda.
"Men Saudiya Arabistonidan qaytdim. O‘z ko‘zlarim bilan yo‘lda yotgan 100 dan ko‘proq o‘lik tuya va qo‘ylarni ko‘rdim", deb aytdi tuya to‘dalaridan birining egasi Husayn Al-Marriy.
Turli hisob-kitoblarga ko‘ra, oxirgi kunlarda Qatarda 12 mingdan 25 minggacha tuya nobud bo‘lgan.
Qatar hukumati fermerlarga yordam berishga qaror qilib, chegarada maxsus oromgohlar tashkil qilishgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing