10:32 / 13.07.2017
6 387

Vezuviy vulqoni uyg‘onib o‘rmonga o‘t ketdi, sayyohlar qochmoqda (Video)

Vezuviy vulqoni uyg‘onib o‘rmonga o‘t ketdi, sayyohlar qochmoqda (Video)
Italiyada Vezuviy vulqoni uyg‘ondi, deb xabar berdi Darakchi.uz nashri.

Vulqonga yaqin joyda joylashgan Neapol shahri aholisi ommaviy ravishda evakuasiya qilinmoqda. Shaharning beshta tumani aholisi va sayyohlar voqea joyidan qochdi.

Vezuviy vulqoni osmonga qaynoq kul sochganligi tufayli tog‘ning yon bag‘rida joylashgan o‘rmonga o‘t ketdi. O‘t o‘chiruvchilar yong‘inning oldini olishga harakat qilsa-da, olovni batamom o‘chirishning iloji bo‘lmayapti. Vulqon qurigan daraxt va o‘t-o‘lanlarni yoqishda davom etmoqda. Hukumat o‘rmon yong‘iniga vulqon emas, ataylab o‘t qo‘yish ham sabab bo‘layotganini taxmin qilmoqda. Chunki 2016 yilda 200 gektar o‘rmon vulqonning “aralashuvisiz” yonib ketgan edi.

Vezuviyga ko‘tarilish mashhur sayyohlik yo‘nalishi hisoblanadi. Mo‘ljalga etish uchun daryo sathidan 1000 metr tepalikka avtobusda, qolgan 200 metriga esa piyoda chiqish lozim bo‘ladi. Krater tinch turgan vaqtida uning qiziqarli joyi yo‘q, ammo yuqoridan Neapol shahrining, ko‘rfazning manzarasi juda chiroyli ko‘rinadi.

Eramizdan oldingi 79 yilda zilzila sababli Vezuviy uyg‘onishi oqibatida uchta — Pompey, Gerkulanuma va Stabiya shaharlari olovli kul tagida qolib, yo‘q bo‘lgan. Pompey shahri hozirgi kunda ochiq osmon ostidagi muzeyga aylantirilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Vezuviy vulqoni uyg‘onib o‘rmonga o‘t ketdi, sayyohlar qochmoqda (Video)