Rossiya prezidenti Vladimir Putinning fikricha, Ukrainadagi inqiroz ukrainaliklarning sabri tugaguncha davom etadi. U Lebedin tog‘-kon boyitish kombinati ishchilari bilan muloqotida shunday fikrlarni bildirdi.
Putin metallurglardan birining Ukrainadagi inqiroz qanchalik uzoq davom etishi mumkinligi haqida bergan savolini ritorik deb atagan. "Bizlarning xalqimiz sabrli", — degan prezident, bu ko‘p jihatdan bir xalq vakillari bo‘lgan ruslarga ham, ukrainlarga ham birdek tegishli ekanini qayd etdi.
"Bu qanchalik uzoq davom etadi? Bilmayman. Bu u erda istiqomat qilayotganlarga bog‘liq. Ular bunga qanchalik chiday olishadi?", — degan Putin. "Umid qilamanki, shu safar hammasi tugaydi. Qonsiz, demokratik jarayonlar yordamida bo‘lsin", — deb qo‘shimcha qilgan Rossiya rahbari.
Davlat rahbari, shuningdek. Moskva va Kievning iqtisodiy aloqalari tiklanishiga umid qilishiga e’tibor qaratdi.
Vladimir Putin konchilar bilan uchrashuvda AQSh prezidenti Donald Tramp bilan muloqot borasida ham fikrlarini bildirdi. Uning aytishicha, agar ikki davlat rahbarlarining muloqoti "insoniy ruhda" kechsa, uning ijobiy samara berishiga umid qilish mumkin, degan Rossiya prezidenti.
"Agar shunday muloqot siz aytgandek, insoniy mazmunida davom etsa, u kelgusida ham rivojlanishiga umid qilish mumkin", — degan Putin.
"Bilmadim, u boshqa suhbatdoshlari bilan qanday, ammo bizda — men ham u fikrlarini izhor qilayotganda, hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha g‘oyalarini bildirganida uni tingladim. Biroq, unda odamlar bilan ishlaydigan inson uchun juda muhim bo‘lgan, lekin har doim ham kuzatilavermaydigan tinglash, o‘z vaqtida munosabat bildirish, muloqot qila olish bor", — deya ta’rif bergan Putin amerikalik hamkasbi haqida.
"Bilasizmi… shunday odamlar borki, gapirasan, devorga gapirgandek bo‘lasan. Ular eshitmagandek, o‘z bilganidan qolmaydi", — deya davom etgan Rossiya etakchisi. Tramp, esa, Putin fikricha, unday odam emas. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi